Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi
13:02 / 2022-04-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022 yil 4 mart kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektorda bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalarida Mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Shunday yarmarkalardan biri O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tdi. “Karera kuni”da 100ga yaqin tashkilot, muassasa va korxona vakillari ishtirok etdi. Har bir tashkilotga ajratilan hududlarda vakillar o‘z tashkilotlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, atroflicha ma’lumotlar berdi. 



– bugungi kunda universitetimizda 28 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ulardan 3 mingdan ortig‘i joriy yilda bitiruvchi hisoblanadi. Bo‘lib o‘tayotgan Mehnat yarmarkasida bitiruvchi talabalar, o‘z sohasi bo‘yicha ish qidirayotgan yoshlar ishtirok etishmoqda. Universitet bitiruvchilarining 80 foizga yaqini o‘rindoshlik asosida o‘qish bilan bir qatorda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelishmoqda. bugungi yarmarkada ham talaba-yoshlar o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rinlariga ega bo‘ladilar, – dedi universitet matbuot xizmati rahbari Sitora Nasrullayeva. 


Fayzullo Yahyoyev, O‘zA