“Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.
“O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot" kanali xabariga ko‘ra, qaror ijrosi doirasida, shuningdek, Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha gidrometeorologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash tashkil etiladi. “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.