French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro reytingda 100 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi
17:33 / 2021-12-15

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oxirgi uch yilda xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalqaror reytinglarda ishlash bo‘limi tomonidan muntazam ravishda seminar-treninglar tashkil qilinmoqda, xalqaro reyting agentliklari tomonidan tashkil qilingan treninglarda faol ishtirok etib kasbiy malaka oshirilmoqda va universitet reyting ko‘rsatkichlari tahlil qiinib, uni oshirish bo‘yicha strategik rejalar ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari dunyoning kuchli 1000 va 500 universitetlar qatoridan joy olishlari uchun har bir ko‘rsatkichni oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishi va uni bajarish uchun harakat qilishlari lozim va bu, albatta o‘z natijasini beradi.

Joriy yilning 15 dekabr kuni  “QS World University Rankings” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘rta Osiyo va rivojlanayotgan Yevropa davlatlari reytingi e’lon qilindi.

Unga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti 254+ o‘rin bilan o‘tgan yilgi natijalardan 100 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Akademik obro‘ ko‘rsatkichi bo‘yicha universitet +155 o‘rin bilan mintaqa bo‘yicha eng kuchli natijaga ega bo‘ldi. Shuningdek, ilmiy nashrlarga iqtiboslik ko‘rsatkichida 164 o‘rinni egalladi.

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA