So‘nggi kunlarda kun.uz saytida “O‘zMUda bahosi “million dollar” turishi aytilayotgan kitoblar yo‘qolgan.Rektorat izoh berishdan qochyapti”- sarlavhali maqolada keltirilgan holatlar bo‘yicha O‘zMUda universitet rahbariyati ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida internet sayti tomonidan e’lon qilingan ayrim ma’lumotlar asosga ega emasligi bildirildi. Universitet rasman tasdiqlamagan mazkur ma’lumotlarni ishga mas’ul bo‘lmagan shaxslardan olingani, axborot manbasi ham mutaxassis manbashunos emas, balki kimyogar ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, maqolada keltirilgan va “yo‘qolgan” deb iddao qilingan “manbalar”ning borligi va o‘zi asl birinchi nusxa emas, balki qo‘lyozmaning ko‘chirma nusxalar bo‘lib, ayni vaqtda tadqiqotchilarning tadqiqotchilarning izlanish manbasi sifatida ochiq fondda saqlangan adabiyotlar ekanligi taklif etilgan mutaxassis ekspertlar tomonidan tasdiqlangani ma’lum qilindi.
O‘zMU ilmiy jamoasi va professor-o‘qituvchilari bunday isbotlanmagan, tasdiqlanmagan, ishchi gurux tomonidan o‘rganish ishlari yakunlanmagan oraliq mavzularni trendga chiqarilishi universitetning keng jamoatchilik va xalqaro xamjamiyat e’tiboridagi nufuziga putur yetkazishi mumkin deb qabul qiladi. Shu bilan birga, Universitetga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblaydi.
O‘zMU Axborot xizmati va rahbariyati doimo xar qanday masalada ochiq, konstruktiv muloqot olib borishga va xamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildiradi.
Sitora Nasrillayeva O‘zMU matbuot xizmati rahbari