Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘ona ko‘tarildi
09:53 / 2024-09-11

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi ikkinchi turida qo‘lga kiritgan g‘alabasi evaziga FIFA reytingida 2 pog‘ona ko‘tarilib, 1,413.05 ball bilan 59-o‘ringa chiqib oldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz KXDR termasi ustidan qozonilgan g‘alaba uchun 7,63, Qirg‘izistonga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyat uchun 8,01, jami 15.64 ballni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.   

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo jamoalari orasida hamon sakkizinchi pog‘onada bo‘lib turibdi.  

Qit’amiz termalari orasida Yaponiya FIFA reytingida 16-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Eron 19, Janubiy Koreya 23, Avstraliya  25, Qatar 44, Iroq 55, Saudiya Arabistoni 56-o‘rinda bormoqda.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA