Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 50-pog‘onadan joy oldi
09:39 / 2025-11-20

FIFA erkaklar terma jamoalari o‘rtasidagi yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya va Braziliya terma jamoalari kuchli beshlikdan o‘rin oldi.

Biz uchun muhim jihati shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birdaniga besh pog‘ona yuqorilab, 1462,03 ball bilan 50-o‘rinni egalladi. Bu natijaga jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklarida FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan “Al-Ayn xalqaro kubogi”da Misr va Eron termalarini mag‘lub etgani orqali erishdi. Mazkur uchrashuvlardagi g‘alabalar milliy terma jamoamizga 9,69 ball olib keldi.

Shuningdek, yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston Qatarni ortda qoldirgan holda, Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliyadan keyin Osiyoda beshinchi o‘rinda qayd etildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA