Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosim ostida qolgani haqida ayrim nashrlarning xabari yuzasidan rasmiy bayonot
20:54 / 2022-01-28

Bugun ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim manbalarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi kuchli bosim ostida qolgani va buning natijasida havaskor va professional boks federatsiyalari birlashtirilgani haqida xabarlar tarqatildi.

Shuni ta’kidlash joizki, bu mutlaqo asossiz va yolg‘on ma’lumot!Boks mamlakatimiz yoshlari orasidagi eng sevimli va ommaviy sport turlaridan biri. Shuningdek, bokschilarimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, nafaqat mintaqamizda balki jahonda yetakchilardan sanaladi. bugungi kunda ham Prezidentimizning e’tibori va davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan ushbu sport turi rivoji yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamyurtlarimiz va o‘quvchilarimizdan yuqorida ta’kidlangan yolg‘on xabarlarga e’tibor qilmaslikni, o‘z navbatida ommaviy axborot vositalaridan faqatgina rasmiy, ishonchli va asoslangan ma’lumotlarni tarqatishlarini so‘rab qoladi, deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.