Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi xalqaro snayperlar musobaqasida g‘alaba qozondi (+video)
19:17 / 2025-07-24

Xitoyda har ikki yilda bir marta tashkil etiladigan nufuzli “O‘tkir tig‘-2025” xalqaro snayperlar musobaqasida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Urumchi shahrida o‘tkazilgan mazkur musobaqada O‘zbekiston jamoasi Xitoy, Vetnam, Janubiy Koreya, Rossiya, Ispaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya va Vengriya kabi mamlakatlar jamoalari bilan 4 yo‘nalishda kuch sinashdi. 

Musobaqaning eng murakkab va o‘ta mas’uliyatli bosqichlarida Milliy gvardiyamiz snayperlari o‘z mahoratlari bilan alohida ajralib turdi. Xususan, majmuaviy otish mashqida (1200 metr masofadagi 7 pozitsiyadan turib 24 ta nishonni yo‘q qilish) va shahar sharoitidagi baland binodan otish mashqida (merganlar juftligida 100-650 metr masofadagi 6 nishon) O‘zbekiston jamoasi barcha ishtirokchilar ichida eng yuqori natijalarni qayd etdi. 

Ayniqsa, “100 metr uzoqlikdagi ipga osilgan xanjarni uzish” mashqi bo‘yicha ham faqat O‘zbekiston merganlari muvaffaqiyatli natija qayd etib, musobaqa ramzi hisoblangan xanjarni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston Milliy gvardiyasining 4 nafar mergani musobaqa yakuniga ko‘ra umumiy hisobda 8 ta medal, 10 ta diplom, qimmatbaho sovg‘alar va eng muhimi, tezkor texnik va taktik yo‘nalish bo‘yicha musobaqa kubogini yutishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yutuq jamoaning tayyorgarligi, intizomi va yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi samarasi bo‘ldi.

25 davlatning tajribali snayperlari ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan merganlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

G‘oliblar ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EERtA7Swfio" title="O‘zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi xalqaro snayperlar musobaqasida g‘alaba qozondi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Anvar Ahmedov (video), O‘zA