Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – rasmiy xabarlar, tezkor yangiliklar, tahlil...
20:19 / 2023-10-04

Tarixdan xulosa chiqarib, bugunni qadriga yetaylik O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan "Qaramlik, qatag‘on va millat" mavzuida umummilliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda tariximizni to‘liq va haqqoniy o‘rganish, ayniqsa jadid bobolarimiz hayoti, faoliyatini tadqiq etish masalasiga ustuvor e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mazkur institut bosh ilmiy xodimi Muhayyo Isakova mustabid tuzum davridagi qatag‘onlarning siyosiy va iqtisodiy jihatlari, ijtimoiy cheklovlar, ma’naviy tazyiqlar, sun’iy tarzda ocharchilikning amalga oshirilgani qanday og‘ir oqibatlarga olib kelgani xususida so‘z yuritdi.

Tadqiqotchi Dilnoza Jamolova "Jadidchilik va qatag‘on" mavzusida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu ma’ruzada dastlab ma’naviy harakat sifatida shakllangan siyosiy harakatga aylanishi sabablari, rivojlanishi, ushbu harakatning natijalari, jadidchilik harakatlarining yetakchilari xususida batafsil so‘z yuritildi.

Tarix instituti olimi Qahramon Rajabov "Sovet hokimiyati tomonidan din va ishbilarmon arboblarning qatag‘on qilinishi" mavzusida ma’ruza qildi. Ta’kidlanganidek, qatag‘on siyosati o‘tgan asrning 50-60-80-yillarida ham takrorlangani, ushbu mudhish jarayon millatning eng ilg‘or vakillarini mavh etgani xususida batafsil so‘z yuritildi.

Institut yetakchi ilmiy xodimi Feruz Boboyev milliy ozodlik yo‘lida kurashgan qo‘rboshilarning qatag‘on qilinishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumki, oktyabrning dastlabki kunlari bundan 85 yil avval Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi ko‘plab millat fidoyilari beayov otib tashlangan kun sifatida tarixga kirgan. O‘tmishdagi mudhish voqeliklar esa tarixdan tegishli xulosalar chiqarib, bugungi yorug‘ va saodatli kunlarning qadriga yetishga undaydi.

 

N.Usmonova, O‘zA