Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston metallurgiyasi” uyushmasi qanday natijalarga erishdi? (+video)
12:56 / 2026-01-20

Mamlakatimizda metallurgiya sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, sanoat salohiyatini mustahkamlash, qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Tarmoqni modernizatsiya qilish, xomashyo bazasidan samarali foydalanish, energiya tejamkor va ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etish masalalari bugungi kunda ustuvor vazifalar qatorida turibdi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova “O‘zbekiston metallurgiyasi” uyushmasi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirda metallurgiya tarmog‘i mamlakatimizning sanoat va iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. 

–Vazirlik tomonidan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda energiya tejamkor va ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu ma’noda aytish kerakki, yil yakunlarini xolis tahlil qilish nafaqat yutuqlar, balki mavjud muammolar yechimida ahamiyatli. Bugungi kun talablariga ko‘ra, korxonalarda raqamli va avtomatlashtirilgan yechimlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish, xomashyo bazasi va uni chuqur qayta ishlash, shuningdek, ekologik masalalarda tizimli va texnologik yondashuvlar muhim. Bu jarayonda “O‘zbekiston metallurgiyasi” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan professional muloqot va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar e’tiborga loyiq, – dedi F.Hamidova.

Tadbir yakunida mutaxassislar “O‘zbekiston metallurgiyasi” uyushmasining galdagi vazifalarini belgilab oldi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PKrXKN9em38?si=aL33HLHQTwpJNUJw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, 

Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), 

O‘zA