Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston merganlari Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi (+video)
07:35 / 2025-05-18

Turkiya Respublikasida 5-16 may kunlari V Xalqaro “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasi o‘tkazildi. 15 davlatning 40 dan ortiq jamoasi ishtirokidagi bellashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi ham munosib qatnashdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.   

Turkiyaning Isparta shahridagi “Komando” tog‘-o‘quv mashqlar markazida o‘tkazigan musobaqada O‘zbekiston, Turkiya, Pokiston, Qatar, Ozarbayjon, Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘ndan ortiq davlat, shuningdek, kuzatuvchi maqomida Turkmaniston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va Kuvaytdan vakillar ishtirok etdi.   

Musobaqa ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, bir-biridan murakkab 15 ga yaqin shartlar bo‘yicha bahs olib bordi. Xususan, harbiy jamoalar “Yuqori burchak ostida o‘q otish”, “Gazniqob taqib jangovar o‘q otish”, “Noaniq masofalarga noqulay istehkomdan o‘q otish”, “Turli to‘siqlar ortidan o‘q otish”, “Havodagi vertolyotdan o‘q otish”, “Orolni himoya qilish va qayiqdan jangovar o‘q otish”, “Nishonga sezdirmay yaqinlashib o‘q otish”, “5 kilometr masofadan yuk va qurol bilan yugurib kelib, sovuq stvoldan o‘q otish”, “Tunda noma’lum masofalarga o‘q otish” va “Syurpriz” shartlarini bajardi.  

Vazifalar – murakkab. Habiylarimiz nishonlarni muddatidan oldin yakson etib, nimalarga qodir ekanliklarini amalda isbotladi.   

Qariyib 10 kun davom etgan bellashuvlarda xorijiy davlat armiyalarining 48 ta jamoasi ichida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.   

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tkaziladigan mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi to‘rtinchi marotaba ishtirok etdi. 2022-2023 yillarda ikkinchi, 2024-2025 yillarda birinchi o‘rinni egalladi.   

Ta’kidlash kerakki, bunday xalqaro musobaqalarda ishtirok etish harbiylarimizning jangovar tayyorgarligini oshirish, bilim va tajriba almashishida muhim o‘rin tutadi.   

O‘zA