Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Maxsus Olimpiada milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati finaliga yo‘l oldi
10:02 / 2025-07-17

Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida futbol bo‘yicha “Gothia Special Olympics Trophy – 2025” butunjahon yoshlar kubogi o‘tkazilmoqda. Har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan musobaqaning bu yilgi bahslarida dunyoning 25 ta davlatidan maxsus Olimpiada terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Maxsus Olimpiada milliy terma jamoasi ham ushbu musobaqada muvaffaqiyatli qatnashmoqda.  Jamoamiz tarkibidan 78-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda tahsil olayotgan 10 nafar o‘quvchi o‘rin olgan.   

Ushbu yosh futbolchilarimizdan iborat termamiz dastlab Shvetsiyani 3:1, ikkinchi o‘yinda Hongkong terma jamoasini 2:0, Turkmanistonni 6:0 va  Lyuksemburgni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  Guruhda 12 ochko to‘plab, final bosqichida italiyalik futbolchilar bilan o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.  

Shuningdek, musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahslarida vakillarimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, bosh sovrin uchun Germaniya termasiga qarshi raqobatlashish huquqiga ega chiqdi.  

Turnirning final bahslari  bugun, 17 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Maxsus Olimpiada milliy terma jamoasi bu kabi xalqaro musobaqalarda ilgari ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Jumladan, 2021 va 2023 yillarda mazkur turnirda chempionlikni qo‘lga kiritgan.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA