Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbekiston matbuoti" va "Mushtum" jurnallari nashr etiladi
18:22 / 2021-10-06

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va bir guruh soha fidoiylari tashabbusi bilan qisqa muddat ichida chop etilmay qolgan «O‘zbekiston matbuoti» jurnalining taqdimoti o‘tkazildi.

Faxriy jurnalistlar, uyushmaning viloyat bo‘limi vakillari, tadqiqotchilar va yosh jurnalistlar ishtirokidagi tadbirni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov olib bordi. Taqdimot ishtirokchilariga yaqin kunlardagi rejalar,  jurnallarning formati,muassislari va homiylari haqida ma’lumot berildi. Jurnalning keyingi faoliyati va unda chop etiladigan ilmiy, ma’rifiy materiallar haqida mulohazalar yuritildi. Takliflar va tanqidlar tinglandi.

–«O‘zbekiston matbuoti» jurnalini qator hamkor tashkilotlar va homiylar yordamida chop etishni yo‘lga qo‘yganimiz bilan keyingi taqdiri O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarga, shu sohada tahsil olayotgan talabalarga ham bog‘liq, –deydi uyushma raisi Olimjon O‘sarov. – Jurnalni oyda bir marta chop etilishi rejalashtirilgan. Jurnalga Cho‘lpondek ulug‘ ma’rifatparvar insonning qo‘li tekkan. Qolaversa, ushbu jurnal har doim ham o‘zbek matbuotining yuzi hisoblangan. Men har doim jurnalistlarni birlashishga chaqirganman. Kelinglar, mana shu jurnalni «jonlantirish"ga, sahifalarini boyitishga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Yana bir xushxabar sifatida shuni aytib o‘tmoqchimanki, ayrim sabablarga ko‘ra «Mushtum» jurnali ham nashr etilmay qolgandi. Tashabbuskorlar ko‘magi bilan jurnalning ilk soni bosmaxonaga topshirildi. U ham yaqin kunlarda chop etiladi. Ma’lumot uchun: jurnal bir asrlik shonli tarixni bosib o‘tgan ma’rifiy nashrlardan biri hisoblanib, ayrim sabablarga ko‘ra nashr etilmay qolgan edi.

 

D.Mamatova, O‘zA