French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston ma’lumotlar boshqaruvi sohasidagi salohiyatini mustahkamlamoqda
19:28 / 2025-07-31

Joriy yil 29-30-iyul kunlari Toshkent viloyatida YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Xalqaro ochiq ma’lumotlar xartiyasi (Open Data Charter, ODC) va Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida ikki kunlik seminar tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston davlat sektorida ochiq va genderga oid ma’lumotlardan foydalanishni rivojlantirishdir.

Seminarda vazirliklar, davlat tuzilmalari va korxonalarining tegishli mutaxassislari ochiq ma’lumotlar asosli qarorlar qabul qilish, shaffoflik va tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlashga qanday yordam berishi mumkinligi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qildi. Inklyuziv davlat siyosatini shakllantirish va xalqaro majburiyatlarni bajarishda genderga oid ma’lumotlarning o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir O‘zbekistonning ma’lumotlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘lib, kasbiy ko‘nikmalar va institutsional salohiyatni oshirishga xizmat qiladi. Bu esa kelajakda mamlakatning tegishli xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga yordam beradi. Ishtirokchilar mavjud ma’lumotlar to‘plamlarini xaritalash, yetishmayotgan ma’lumotlarni aniqlash, ular asosida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish uchun manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

— Ma’lumotlarni boshqarishning ishonchli tizimi texnologiyalarni talab qilishi bilan birga hamkorlik va umumiy ustuvor yo‘nalishlarga asoslanadi, — deydi Xalqaro ochiq ma’lumotlar xartiyasining tadqiqotlar bo‘yicha direktori Renato Berrino. — O‘zbekiston ochiqlik tamoyillariga qat’iy sodiqligini namoyon etmoqda.Ushbu seminar manfaatdor tomonlarning o‘zaro hamkorligi, muammolarni aniqlash hamda inklyuziv siyosat vositasi sifatida ochiq va gender ma’lumotlardan foydalanishni rag‘batlantirish uchun platformaga aylandi. 

Seminar YeXHTning samarali boshqaruv sohasida islohotlarni amalga oshirish uchun milliy salohiyatni oshirishga qaratilgan loyihasi doirasida tashkil etildi.

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA