Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Malayziya: ziyorat turizmi sohasida hamkorlik kengaymoqda
17:04 / 2026-01-28

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirmoqda. Bu borada ziyorat turizmi, shu jumladan «Umra +» dasturini amalga oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida «Umra +» dasturini rivojlantirish istiqbollari va  targ‘ib qilishga bag‘ishlangan  brifing bo‘lib o‘tdi. Unda  sayyohlik assotsiatsiyalari,  aviakompaniyalar,  tegishli tashkilotlar,  turoperatorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 yanvardagi “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida  tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda Malayziya va Indoneziyadan ziyoratchilar sonini  oshirishga qaratilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumot  berildi. Ziyoratchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, horijiy turoperatorlar uchun taqdim etilgan  imtiyoz va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. 

Ishtirokchilar O‘zbekistonning, xususan islom sivilizatsiyasi rivojida muhim  o‘rin tutgan Toshkent, Samarqand va Buxoro  shaharlarining boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishdi. Ziyoratchilar va chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy  turizm ob’ektlari va infratuzilma yig‘ilganlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Xususan,  Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi va  Imom al-Buxoriy majmuasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Tadbir yakunida «Umra +» dasturi doirasida O‘zbekiston va Malayziyaning turizm assotsiatsiyalari  o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,  ziyorat  turizmi sohasida tajriba almashish va sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA