English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Malayziya: parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanadi
15:54 / 2024-06-06

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Malayziya parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Nur Jazlan Mohamad boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Malayziyani tarixiy rishtalar, madaniy va ma’naviy qadriyatlarning yaqinligi bog‘lab turadi. O‘zaro aloqalar so‘nggi yillarda davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, ikki davlat o‘rtasida savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari hamda ziyorat turizmi sohasida dasturlar amalga oshirilmoqda.  

Uchrashuvda rivojlanish va modernizatsiyaga qaratilgan “O‘zbekiston – 2030” va “Malayziya Madani” strategik dasturlarining maqsad-vazifalari o‘xshash ekani ta’kidlandi. Delegatsiya a’zolariga Strategiya doirasidagi islohotlar hamda Qonunchilik palatasi faoliyati, norma ijodkorligi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mita ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida so‘zlab berildi.  

[gallery-17732]

Konstruktiv ruhida kechgan uchrashuvda keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy sohadagi muloqotlarning faollashgani ijobiy baholandi. Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi bosqichga olish chiqish, madaniy-gumanitar aloqalar, jumladan, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.  

O‘z navbatida, Malayziya parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu yo‘nalishdagi muloqotlarni ko‘paytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.  

Uchrashuv so‘ngida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib olindi.  

 

M.Komilova,

O.Mirsoatov (surat),

O‘zA