English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahsulotlari Yevropa standartlari asosida sertifikatlanadi
18:01 / 2025-06-17

O‘zbekistonda standartlashtirish sohasini isloh qilish va sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilgan edi.

Oxirgi yillarda 12 mingta standart qabul qilindi, 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 40 ta yangi eksport bozoriga chiqildi.

So‘ngi 8 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,5 barobarga oshib, 63 milliard dollarga yetdi. Bu yil ham eksportni 1,5 barobarga ko‘paytirib, 25 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, istiqbolda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsad qilingan. Shundan kelib chiqib, amaldagi texnik tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, uning eksportga ko‘maklashish va ichki bozorni sifatsiz tovarlardan himoya qilishdagi ishtirokini mustahkamlash dolzarb ahamiyatga ega.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga, eksportchilarga ko‘makchi bo‘lib, milliy sertifikatlar xorijiy davlatlarda tan olinishi bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, sifatsiz mahsulotlar importining oldini olish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi bitim talablarini amaliyotga joriy etish agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanadi.

Bu borada Prezidentimizning 2024 yil 27 fevraldagi farmoni hamda 2024 yil 28 fevraldagi qarorida agentlikka qator vazifalar belgilab berilgan.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tizimli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Standartlashtirish va texnik tartibga solish bo‘yicha, Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo respublika kengashining qaroriga muvofiq, amaldagi texnik qo‘mitalar qayta tashkil etilgan. Texnik qo‘mita raislari rahbarning birinchi o‘rinbosari darajasida tayinlanib, 25 ta standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita qayta tashkil etildi va 4 ta yangi qo‘mita tuzildi.

Natijada texnik qo‘mitalar faoliyati yanada jadallashdi, jumladan, hisobot davrida 5 236 ta standart qayta ko‘rib chiqildi, 2 628 ta eski standart bekor qilindi, 375 ta xalqaro va Yevropa standartlari qabul qilindi. Shu bilan birga, mahalliy va eksportbop mahsulotlarga tegishli jami 1 415 ta xalqaro va Yevropa standartlari joriy qilindi.

Amalga oshirilgan ishlar hisobiga milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish darajasi fevral oyidagi 24,7 foizdan 29,6 foizga yetkazildi. 2 578 ta milliy standartning JST talablariga mosligi yuzasidan 2 668 ta standart qayta ko‘rib chiqildi.

Topshiriqqa muvofiq, yil yakuniga qadar amal qilishi tugayotgan 520 ta tashkilot standarti o‘rniga 63 ta milliy standart loyihasi ishlab chiqilib, shundan 24 tasi qabul qilindi, 39 tasi qabul qilish jarayonida.

Bundan tashqari, 95 ta milliy texnik qo‘mitaning shundan, 11 tasi to‘laqonli a’zo va 84 tasi kuzatuvchi maqomida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning texnik qo‘mitalarida ishtiroki ta’minlandi.

2024 yil boshida atigi 23 ta milliy texnik qo‘mita xalqaro texnik qo‘mitalarda kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ning muxbir a’zosi (Associate Member) bo‘lgan holda Komissiyaning 4 ta texnik qo‘mitalariga a’zoligi ta’minlandi. 

Tasdiqlangan dastur doirasida bugungi kunda, 15 ta texnik reglament qabul qilindi, 22 tasi Vazirlar Mahkamasiga va 8 tasi Adliya vazirligiga kiritildi. Shuningdek, 2 tasi jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi, 9 tasi vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024--yil 5-7 iyun kunlari Turkiyaga tashrifi doirasida imzolangan hujjatlarga muvofiq, Turk standartlari instituti (TSE)ning vakillari tomonidan 23-25 iyul kunlari O‘zbekiston standartlar instituti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijasida, respublikada 30 672 ta standart amalda. Ulardan 9 036 tasi xalqaro, 2 041 ta xorijiy mamlakatlarning milliy standarti, 18 198 ta davlatlararo, 1 397 ta milliy standart tashkil etishi aniqlandi. 

Shuningdek, metrologiya va o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha Prezidentining 2024 yil 28 fevraldagi qarori bilan milliy etalonlar sonini 29 tadan 77 taga yetkazish shundan, joriy yilda 13 ta xarid qilish belgilangan.

Hozirda, 3 ta etalon uchun moliyalashtirish ochildi, 2 tasi tender jarayonida, qolgan 8 tasi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirish kutilmoqda. Joriy yil 1 mart kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik doirasidagi ikkilamchi dozimetriya etalonlari laboratoriyasi  SSDL Network tizimiga a’zo (76 ta davlatlar a’zo) hamda 1 apreldan Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga to‘la huquqli a’zo (69 ta davlat a’zo) bo‘ldi. 20 ta solishtirish loyihasida ishtirok etilib, 2 ta solishtirish ishi natijasiga ko‘ra ilk bor O‘zbekiston Respublikasining 5 ta (radiatsiya yo‘nalishi – 3 ta, fotometriya yo‘nalishi – 2 ta) SMS-qatorlari ro‘yxatga olindi.

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” tashkiloti bilan qiymati 1,8 mln. dollarlik 2 ta hamda Xitoyning “State GRID” korxonasi bilan qiymati 753 ming dollar bo‘lgan 2 ta loyiha bo‘yicha ishlar boshlandi. 

– 2024-yilning 19 avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda investitsion loyiha kelishuvi bo‘yicha bitim imzolandi, – deydi  Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Abdullaxon Orifboyev. –  Bundan tashqari, umumiy qiymati 15,9 mlrd. so‘mlik 8 ta yangi loyiha Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etilib, qiymati 3 mlrd. so‘mlik 1 ta loyiha (Buxoroda yangi metrologik xizmatni yaratish) moliyalashtirishga tavsiya etildi. Muvofiqlikni baholash bo‘yicha ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan “korxonabay” ishlash maqsadida elektron platforma ishga tushirildi. Bugungi kunda 15 800 ta (3 687 ta eksportyor) korxonada o‘rganish o‘tkazilib, 843 ta (shundan 429 tasi sohaga tegishli) muammo bo‘yicha manzilli ko‘mak ko‘rsatildi. Yil yakuniga qadar sifatni boshqarishning tizimlari joriy qilinishi lozim bo‘lgan 1 200 ta korxonadan 1208 tasiga sertifikat rasmiylashtirildi.

2024-2027 yillar mobaynida Rossiya tomonidan dastlabki qiymati 14 mln. dollar bo‘lgan 37 ta etalon va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini beg‘araz taqdim etish bo‘yicha Hukumatlararo bitim imzolandi.

Global sifat infratuzilma indeksi (Global Quality Infrastructure Index (GQII) reytingidagi yuqori 50 ta davlatning 11 tasi (Yaponiya, Koreya, Chexiya, Angliya, Turkiya, Belarus, Kolumbiya, AQSH, Argentina, Avstriya, Braziliya) bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikka qaratilgan hujjatlar imzolandi.

– Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning murojaatiga muvofiq Yevropa Standartlashtirish qo‘mitasi (CEN) bilan 200 ta Yevropa standartlarini olish bo‘yicha litsenziya shartnomasi imzolashga kelishildi, – deydi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Abdullaxon Orifboyev. – Agentlik tomonidan joriy yilda amalga bir qator vazifalar belgilab berilgan. Xususan, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish ishlarini jadallashtirib, ko‘rsatkichlarni 2024 yil yakuniga qadar 30 foizga, 2025 yilda 40 foizga yetkazish belgilab berilgan. Shu bilan birga joriy yil yakuniga qadar 9 ta, 2025 yilda 30 ta texnik reglamentni to‘liq tasdiqlash ishlarini yakuniga yetkazish, xalqaro va Yevropa standartlarini respublikada amalga kiritish ishlarini yanada jonlantirib, 2024 yil yakuniga qadar 300 ta, 2025 yilda 1 700 ta standartni joriy etish, joriy yilda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning quyi qo‘mitalarini jonlantirishimiz, ularni real faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash belgilab berilgan. 

Milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish ishlarini jadallashtirib, o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar natijasida 1739 dan ortiq xalqaro standartlar qabul qilinib, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish darajasi 2023 yildagi 24,2  foizdan 2024 yilda 30,6  foizga yetkazildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 2 590 ta xalqaro va Yevropa standartlari qabul qilinnishi natijasida milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish darajasi 39,4  foizga yetkazilishi ta’minlandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA