Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahsulotlari uchun G‘arbiy Afrika bozori ochilmoqda
15:33 / 2026-02-20

O‘zbekiston ko‘plab davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirib, yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishmoqda.

Makka shahrida o‘tkazilgan “Makkah Halal Forum” doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov Kot-d’Ivuar Respublikasi ishbilarmon doiralari bilan muzokaralar o‘tkazdi.  

Kot-d’Ivuar tomoni investorlar uchun 300 ming gektar yer ajratilganini ma’lum qildi. Yerlar 40 yil muddatga davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga beriladi. Asosiy yo‘nalishlar: chorvachilik, baliqchilik va guruch yetishtirish, deyiladi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotida. 

Shuningdek, mamlakatda oziq-ovqat sanoatini halol standartlariga o‘tkazish jarayoni jadal kechmoqda. Bu esa “halol” mineral o‘g‘itlar va agrotexnika importiga yuqori talab mavjudligini anglatadi va O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi eksport imkoniyatlarini ochadi.

Muzokaralarda zargarlik buyumlarini qo‘shma ishlab chiqarish, shuningdek, kakao va keshyuni qayta ishlash va tranzit savdosini yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

A.RUSTAMOV, O‘zA