English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahsulotlari Malayziyada namoyish etiladi
14:32 / 2025-09-16

Xalqaro hamkorlik mamlakatimiz mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu yo‘lda soha vakillari eksport salohiyatini oshirish va jahon bozorida mustahkam o‘rin egallash uchun xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashib kelmoqda. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 17-20 sentyabr kunlari yirik xalqaro ko‘rgazma — Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasi ( MIHAS - 2025) o‘tkaziladi. U 70 dan ortiq davlatdan 2 mingdan ziyod kompaniyalarni birlashtiruvchi eng yirik xalqaro platformadir.

 Bu yilgi ko‘rgazmada O‘zbekiston ham sarxil, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishtirok etadi, deyiladi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotida. Yurtimiz vakillari “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi oldidan “Prosumer International Sdn Bhd” kompaniyasi ijrochi kotibi Verron Teo bilan muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, uchrashuvda yurtimizning eksport salohiyati, faoliyat yo‘nalishlari hamda ho‘l mevalar taqdim etildi. Importchi tomonidan anor, xurmo va ziravorlarga katta qiziqish bildirildi. Shu bilan birga mahsulotlarning sertifikatlangan bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot natijasida Malayziyaning bir nechta savdo tarmoqlari, jumladan “MaMaMi Trade” orqali qadoqlangan quritilgan mevalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasida 43 mingdan ortiq mehmon qatnashib, 1 milliard dollarlik savdo bitimlari imzolangan edi.

M.Hojiakbarova, O‘zA