Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahsulotlari “Foodex Saudi 2025” doirasida namoyish etilmoqda
11:25 / 2025-11-04

Mamlakatimizda mahalliy tadbirkorlar uchun istiqbolda yangi hamkorlar topish, savdo aloqalarini mustahkamlash imkoni kengaymoqda.

Saudiya Arabistonida 50 dan ortiq davlatdan 200 ga yaqin ishlab chiqaruvchini birlashtirgan “Foodex Saudi 2025” ko‘rgazmasi joriy yilda 13 marotaba o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 140 kvadrat metr maydonda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda, deyiladi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotida.

Ko‘rgazmaga O‘zbekistonning 20 dan ortiq mahalliy tadbirkorlari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavotlari ham qo‘yilgan. Turkiya, Xitoy hamda Arab ligasiga a’zo davlatlar pavilonlari bilan yonma-yon joylashgan milliy maydonimizda namoyish etilayotgan mahsulotlar ko‘plab xorijiy ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning katta qiziqishini uyg‘otmoqda.

Qayd etish lozim, “Foodex Saudi Jeddah 2025” oziq-ovqat sanoati, texnologiyalar va iste’mol mahsulotlarining eksportiga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi. “Jeddah International Exhibition & Convention Centre” markazida o‘tkaziladigan namoyish 6 noyabrga qadar davom etadi.

Ko‘rgazmada asosan importyorlar va ishbilarmon doira vakillari, distribyutorlar, mehmonxonalar va “HoReSa” yo‘nalishi vakillari faol ishtirok etadi.  

 

Joriy yilda ko‘rgazmaga 15 ming nafardan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston mahsulotlari uchun Fors ko‘rfazi davlatlariga eksport geografiyasini keskin oshirishda yana bir qadam.

 

A.RUSTAMOV, O‘zA