Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis konferensiyasiga delegatlar saylandi
14:58 / 2024-01-15

Farg‘onada mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sektorlar hamda tegishli tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, shahar va tumanlardan saylangan delegatlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda mahallani xalq bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori esa yangi bosqichni boshlab berdi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etiladi. Shuningdek, Respublika mahallani qo‘llab-quvvvatlash kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari faoliyat ko‘rsatadi.  

[gallery-15481]

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur farmon va qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritdi. Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish, bandlikni ta’minlash, mahalla obodligi borasidagi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

–Mahalla raisi tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar bo‘lib,  o‘z ustida tinmay ishlashi kerak. Chunki barcha islohotlarning quyi bo‘g‘indagi ijrosini ta’minlash aynan ularning zimmasidagi  vazifadir. Shuning uchun ham ularga barcha sharoitlar yaratib berilyapti, vakolatlari kengaymoqda, – deydi viloyat rahbari.

Yig‘ilishda Prezidentimiz raisligida 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi. Ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda mahalla katta kuch ekanligi qayd etildi.

Muzokaralarda so‘zga chiqqanlar mahalla tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, uni yanada qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish har bir mahalla raisiga, “mahalla yettiligi” zimmasiga katta mas’uliyat yuklayotganligini bildirdi.

Tashkiliy yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis konferensiyasida ishtirok etish uchun viloyatdan 10 nafar delegat saylandi.  

 

M.Sulaymonov,  

M.Qodirov(surat),

O‘zA muxbirlari