Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” gandbolning rivojini ta’minlashga xizmat qiladi
17:44 / 2024-09-24

Mamlakatimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport o‘yinlarining joriy etilishi mahallalarda, aholining keng qatlami orasida ommaviy sport harakati yangi bosqichga chiqishini ta’minlash bilan birga iqtidorli yoshlarni saralashda qo‘l kelmoqda.

Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda gandbol bo‘yicha boshlangan uch bosqichli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari ham barkamol avlod vakillarining eng e’tiborli ommaviy sport tadbiri sifatida e’tirof etilmoqda.

Aytish lozim, ayni kunlarda yurtimizdagi mavjud shahar va tumanlarda kubokning dastlabki bosqich bellashuvlari ko‘tarinki tarzda uyushtirilmoqda. Sportchilarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi esa o‘yinlarni yanada murosasiz o‘tishini ta’minlamoqda.

O‘z navbatida, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi mutaxassislari joylardagi mahallalarda gandbol o‘yinining texnik-taktik tamoyili, musobaqalarning tashkiliy jihatlari, hakamlik kabi masalalar bo‘yicha o‘quv seminarlar, suhbatlar tashkil etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi ijrochi direktori Midixat Bikmetov va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Ikromov qatnashib, musobaqaning mazmun va mohiyati, uni o‘tkazish tartibi hamda gandbolning qoidalari haqida ishtirokchilarga so‘zlab berdi.  

“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” mahoratli yoshlarni turli yosh toifasidagi terma jamoalarga jalb etishda, kelgusida o‘tadigan Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan milliy terma jamoani mahoratli sportchilar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA