O‘zbekiston MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda
Avstriyaning Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi.
Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, muloqotda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari haqida ham so‘z borgan.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA