Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlari samarali hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi
19:13 / 2025-10-04

Kuvaytning “Al-raimedia” nashrida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligi ushbu arab davlatida ham keng nishonlangani yoritildi. Elchi Ayub Yunusov mamlakatlarimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona tashqi siyosat umumiy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikni yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

– “Jazeera Airways” aviakompaniyasi parvozlari turizmni rivojlantiradi va sarmoya jalb qiladi, – dedi diplomat. – O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarida so‘nggi ikki yil sezilarli faollik kuzatilib, yangi davr boshlandi. O‘tgan yil iyun oyidan boshlab diyorimizga borishni xohlagan kuvaytliklar 30 kun vizadan ozod qilindi.  Noyabrda Qo‘shma hukumat qo‘mitasi birinchi yig‘ilishi chaqirilishi ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida tashriflar almashinuvini rag‘batlantirib, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikda sezilarli yutuqlarni yuzaga chiqardi. Ayni payt Kuvaytda 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari turli yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boryapti va kelgusida bu ko‘rsatkich yanada oshadi.

M.Pirmatova, O‘zA