Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Kuvayt Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11:10 / 2025-12-16

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida besh yil ichida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi besh barobardan ortiq oshdi. Hamkorlikning asosiy istiqbolli yo‘nalishlari sifatida agrosanoat majmuasi, neft-kimyo, infratuzilma, transport va logistika, raqamli hamda moliyaviy xizmatlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiya Kuvaytda amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif dasturi doirasida Kuvayt hukumati vakillari, ishbilarmon doiralar va moliyaviy institutlar bilan muzokaralar o‘tkazildi, shuningdek, O‘zbekiston-Kuvayt Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Biznes-ombudsman devoni xodimi Sheroz Shodiyev ham ishtirok etdi.

Komissiya yig‘ilishi doirasida va ikki tomonlama uchrashuvlarda investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki tomonlama savdoni kengaytirish, neft-gaz va neft-kimyo sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, logistika, savdo, O‘zbekiston aviakompaniyalari uchun aviatsiya yoqilg‘isini yetkazib berish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish, shuningdek, standartlarni o‘zaro tan olish va laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumotga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumi va «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida ham ishtirok etilib, elektron tijorat, islomiy moliya, qurilish, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida Kuvayt ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

A.RUSTAMOV, O‘zA