English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Kuvayt biznes forumi bo‘lib o‘tadi
19:36 / 2024-07-31

Kuvaytning “Al-Jarida” nashri xabariga ko‘ra, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov avgust oyida ishbilarmonlar va hukumat vakillari bilan birga ushbu mamlakatga tashrif buyuradi.

Elchixonamizdan ma’lum qilinishicha, delegatsiyamiz Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston – Kuvayt biznes forumi”da ishtirok etadi.

– O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan 50 nafar tadbirkor, shuningdek turizm sohasi, sanoat, savdo, moliya, sog‘liqni saqlash tizimi va Savdo-sanoat palatasi vakillaridan iborat 15 nafar mutasaddi o‘rin olgan, – deb yozgan muallif. – Anjuman orqali kuvaytlik ishbilarmonlar va investorlar bilan muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatish, savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasini yanada yuqori darajaga olib chiqish maqsad qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan mahalliy agentlar bilan bitimlar tuzilib, kuvaytlik sarmoyadorlarni diyorimizning barcha sohalardagi boyligi bilan tanishtirish tashabbusi ilgari suriladi.

Ro‘yxatga kiritilgan ishbilarmonlarimiz orasida oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik, yengil sanoat, to‘qimachilik, tibbiyot buyumlari, qandolatchilik, parrandachilik kompaniyalari vakillari bor.

Muharrama Pirmatova, O‘zA