O‘zbekiston kubogining ilk turiga qur’a tashlandi
Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha U14 yosh toifasida O‘zbekiston kubogida qizlar 14, o‘g‘il bolalardan iborat 16 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda raqobatlashadigan bo‘ldi.
Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi ilk tur bahslarida Nukus – Xorazm, Qashqadaryo – Buxoro, Samarqand – Sirdaryo, Navoiy – Buxoro 2, Namangan – Nukus 2 va Andijon – Jizzax jamoalari to‘qnash keladi.
O‘g‘il bolalar orasida Jizzax – Xorazm, Navoiy – Samarqand, Andijon – Qashqadaryo, Surxondaryo – Nukus 2, Nukus – Namangan 2, Farg‘ona – Jizzax 2, Namangan – Sirdaryo va Buxoro – Andijon 2 jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 23 yanvar kuniga qadar bo‘lib o‘tadigan musobaqa ishtirokchilari, ushbu yosh toifasidagi sportchilarining joriy yilgi “Prezident olimpiadasi” da qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA