Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston kubogining ilk tur uchrashuvlari qizg‘in o‘tmoqda
15:42 / 2025-04-09

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yangi mavsumi “E” va “F” guruhlaridan o‘rin olgan jamoalar bahsi bilan boshlandi.

“E”dan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” va “Zamin“ jamoalari raqobati 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo‘lsa, “Qizilqum” 4:0 hisobida “Andijon FA”ni taslim qildi. Natijada birinchi turdan so‘ng, “Qizilqum” 3 ochko bilan jadvalning birinchi pog‘onasidan o‘rin olgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” va “Zamin“ jamoalari 1 ochko bilan 2-3-o‘ringa joylashdi. “Andijon FA” esa mag‘lubiyat evaziga so‘nggi pog‘onada qoldi.

O‘zbekiston kubogining “F” guruhida “Lokomotiv“ klubi “Namangan FA“ jamoasini 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi va guruh peshqadamiga aylandi. “Bunyodkor” esa “Buxoro” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mag‘lub bo‘lgan “Buxoro” hamda “Namangan FA” ochkosiz qolgan holda 3-4-o‘ringa tushib ketdi.

Bugun “G” guruhida “Paxtakor” – OKMK va “Nasaf” – “Navoiy FA” klublari o‘rtasidagi o‘yinlarga guvoh bo‘lamiz. O‘yin “Jar“ stadionida soat 19:30da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, jamoalar ushbu musobaqada uch marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning barchasi final o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan. Unda “Sherlar“ ikki g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Olmaliq klubi hisobida bir yutuq mavjud. To‘plar nisbati 7/3 poytaxt klubi foydasiga.

Darvoqe, bugun “G” guruhida “Olimpik Mobiuz” – “Xorazm”, “Jayxun” – “Sirdaryo FA” klublari bahsi ham bo‘lim o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA