English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston kubogida ilk g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
22:24 / 2025-09-18

Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.

Unda ishtirokchilar 22 ta tur va 1 ta aralash yo‘nalishda medallar uchun raqobatlashmoqda.

Musobaqaning ilk kunida erkaklar o‘rtasida 10 ming metr masofaga yugurishda Nuriddin Rahmatov, Otabek Toshquvvatov va Akmal Ochilqulov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ayollar orasida langarcho‘pga tayanib sakrashda Shirin Musoxonova oltin, Habiba Abdurahmonova kumush va Lobarxon Ibrohimova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, disk uloqtirishda Mahliyo Karimova, Yulianna Shukina, Mahliyo Mahmudova ayollar orasida shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishda Dunyozod Sayfullayev, Azizbek Nurillayev va Abduazim Rahmatulloyev kuchli uchlikdan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA