French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston kubogida estafeta bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
12:42 / 2024-09-18

Urganch shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar (yigit va qizlar) hamda o‘smir yigit-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi start oldi.

Kubok bahslarining yoshlar toifasidagi 27,6 km. masofadagi jamoaviy estafeta bahslarida Mustafo Mavlonberdiyev, Pardaboy Lutfullayev, Fazliddin Ergashev, Viktoriya Polzunova, Sabrina Altinbekova, Dilnuraxon Mirzavaliyevadan iborat Sirdaryo jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni Toshkent hamda Navoiy viloyati jamoalari egalladi.

O‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy estafetada (27,6 km) Jizzax jamoasi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Toshkent viloyati ikkinchi, Sirdaryo viloyati esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA