Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Kubogi: “Nasaf” finalda “Paxtakor”ni mag‘lub etdi va bosh sovrin sohibi bo‘ldi
11:41 / 2021-12-05

Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida O‘zbekiston kubogining final o‘yini nihoyasiga yetdi.

 Hal qiluvchi uchrashuvga uchinchi marta mezbonlik qilgan stadionda bu gal “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.  

Toshkentu Qarshidan tashrif buyurgan muxlislar bugun chinakam futbol bayramiga guvoh bo‘lishdi. O‘yindan ikki kun oldin boshlangan tashkiliy masalalar, Kubokning shahar bo‘ylab “sayoxat” qilishi, Registon maydonida yoshu-qari, ayolu-erkak futbol shaydolari va yurtimiz mehmonlarining Kubok bilan esdalik suratiga tushishlari, go‘zal va latofatli Rayxonning qo‘shiqlari, sovg‘asiga qimmatbaho mukofotlar ta’sis etilgan turli ko‘ngilochar konkurs va tanlovlar... Bularning bari Kubok o‘yiniga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zPFL O‘zbekiston kubogi finalini tom ma’nodagi yuqori saviyada tashkil etib bera oldi.

O‘yinga kelsak, mag‘lubiyatga uchrayotgan, bu ham yetmagandek, birinchi bo‘limning yarmidanoq maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qilishiga qaramay “Nasaf” bugun chinakam qahramonlik ko‘rsatdi.

O‘yindagi birinchi hisob Odilbek Hamrobekov tomonidan ochildi. Besh-olti daqiqa o‘tar-o‘tmay qarshilik Oybek Bozorov maydondan chetlatildi. Kamchilikda o‘ynay boshlagan “ajdarlar” ko‘p o‘tmay Bahrom Abdurahmonovning goli evaziga hisobni tenglashtrishdi. Ikkinchi bo‘limda G‘olib G‘aybullayev tomonidan kiritilgan gol esa uchrashuv taqdirini hal etdi.

Shu tariqa aynan shu stadionda va aynan shu jamoalar tomonidan ochib berilgan mavsum (mart oyida Superkubok o‘yinida) yana aynan shu jamoalar to‘qnashuvi bilan nihoyasiga yetdi. Kelasi mavsum ham yana aynan shu jamoalarning maydondagi raqobati bilan start olishi aniq. Gap o‘yin qaysi shahar va stadionda bo‘lishida. Kim biladi, yana  aynan “Dinamo” mezbonlik qilar. Aytishadiku, “qur’aning ko‘zi ko‘r bo‘ladi” deb.