Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi
15:23 / 2025-12-26

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 22–25-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.

Mazkur sport tadbirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va strategik harakat qilish qobiliyatlarini namoyon etishdi.

Bellashuvlar g‘oyat keskin va qizg‘in kechdi, tomoshabinlar sportchilarning nafaqat tezligi, balki jamoaviy hamkorligi va taktik harakatlarini ham diqqat bilan kuzatdi. Turli masofalarda eng yaxshi natijalarni qayd etish uchun ishtirokchilar bor kuch va irodalarini ishga solishdi.

G‘oliblar nomi e’lon qilindi: umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Toshkent shahar jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Musobaqa doirasida olingan fotosurat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi, ishtirokchilarning kurashdagi jasoratlari va sport ruhi keng auditoriyaga yetkazildi.

Mazkur kubok  bellashuvlari nafaqat eng iqtidorli sportchilarni saralash, balki ularni kelgusida xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bellashuvlar turli masofalarda qat’iy va murosasiz kechdi, har bir ishtirokchi shaxsiy natijalarini namoyon etish bilan birga jamoaviy hamkorlik va strategik harakat qilish qobiliyatini ham ko‘rsatdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri