O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi
Xorazm viloyati Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Murosasiz va qizg‘in bellashuvlar ostida kechgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 150 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Avazjon Karimov ishtirok etdi.


Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Xorazm viloyati jamoasi, 2-o‘rinni Andijon viloyati jamoasi, 3-o‘rinni Namangan viloyati jamoasi egalladi.
G‘olib jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
N.Rahmonova, O‘zA