English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Koreya yillik inson kapitali almashinuvi 25 ming kishini tashkil qiladi
19:13 / 2022-08-24

“Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi Kotibiyati ijrochi direktori, Koreya jamg‘armasi vitse-prezidenti Li Chon Guk “O‘zbekiston - Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumida bugungi kunda inson kapitali almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish loyihalari keng ko‘lamda amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 75 mingga yetgan, O‘zbekistonda 180 ming koreys yashaydi. Ikki davlat o‘rtasida yillik inson kapitali almashinuvi esa 25 ming kishini tashkil etadi.

Li Chon Guk O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi diplomatik va siyosiy aloqani yanada rivojlantirish ikki tomonlama insoniy munosabatlarni yanada faollashtirishga sezilarli turtki berishiga ishonch bildiradi.

O‘zA