French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Koreya: Malaka oshirishda yangi bosqich
11:28 / 2025-09-29

O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Koreyaning Kuongsannam-do provinsiyasi o‘rtasida E-7 malakali ishchi vizasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, o‘zbek yoshlari provinsiyadagi yirik sanoat tarmoqlarida mutaxassis sifatida ishlab, bilim va tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Gubernator Pak Vansu bu hamkorlikni provinsiya tarixida xorijiy ishchi kuchini qabul qilish borasidagi ilk hujjat sifatida ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda E-8 mavsumiy ishchi vizasi bo‘yicha ham loyihalar yo‘lga qo‘yilishi bildirildi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA