Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi boshlandi
11:25 / 2022-08-23

Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi Kotibiyati bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi o‘z ishini boshladi.

Mazur anjuman ikki tarixiy sana – diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligi va O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreys diasporasining 85 yilligini nishonlashga bag‘ishlandi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh rahbari Sodiq Safoyev, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov, “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi Kotibiyati ijrochi direktori Li Chjon Guk, Koreyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang va boshqa yuqori martabali vakillar  ishtirok etmoqda. 

bugungi tadbir kun tartibidan ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalari o‘rin olgan. 

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov nutq so‘zladi. U O‘zbekiston – Koreya strategik sheriklik munosabati samarali kechayotganini ta’kidladi. Oliy darajadagi muntazam aloqalar va davlatlararo muloqotning yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlari muhim ahamiyat kasb etayotgani aytib o‘tildi.  

Anjuman davom etmoqda. O‘zAni kuzatib boring, batafsil ma’lumot beriladi. 

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA