O‘zbekiston – Koreya: agrar sohada hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Poytaxtimizda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov bilan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi markazi KOPIA direktori doktor Kim Jaye Hyunning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.



Uchrashuv so‘ngida Shodmon Namozov agrar soha ilmiy rivojida Koreya Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni joriy etish orqali fermerlar va mutaxassislarning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA