Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – kelajakni o‘zgartira oladigan g‘oyalari bor yoshlarga, noyob iqtidorlarga boy mamlakat (+video)
12:56 / 2023-12-19

Har bir davlatning ertangi ravnaqi bilimli va salohiyatli yosh kadrlarga bog‘liq. O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 19 milliondan ortiq yoki aholining 55 foizini tashkil qiladi. Mehnat bozoriga har yili 600 ming yoshlar kirib kelayotgan bo‘lsa, kelgusi 10 yilda bu raqam 1 millionga yetadi. Mamlakatda yuksak g‘oyalari bor, noyob iqtidorli yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” to‘garagi o‘quvchilaridan biri Abdulaziz Mirahmedov hozirga qadar ko‘plab tanlovlar hamda loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Abdulaziz Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turk dunyo fan va madaniyat festivalida 1-o‘rin, Singapurda bo‘lib o‘tgan “FIRST Global Challenge - 2023” robototexnika musobaqasida 190 ta davlat orasida 3-o‘rinni egallagan. 

Abdulaziz to‘garak mashg‘uloti jarayonida o‘nlab ixtiro yaratgan bo‘lib, ular ichida eng mashhuri “Aqlli quyosh paneli” loyihasi. Bu quyosh paneli to‘liq avtomatik ravishda sun’iy intellekt yordamida ishlaydi. Ahamiyatli tomoni shundaki, Abdulaziz ushbu ixtirosi uchun mualliflik huquqini ham qo‘lga kiritgan. 

– “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan to‘garaklarda 3 yildan beri qatnashaman deydi Abdulaziz. – O‘tgan vaqt orlig‘ida 10 ga yaqin loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldim. Bir qator xorijiy tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdim. Yutuqlarim nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda yaxshi rag‘bat beradi. “Aqlli quyosh paneli” deb nomlangan ixtiromning boshqa quyosh panellaridan farqi quyosh paneliga tushgan qor va changlarni avtomatik tarzda tozalashi evaziga quyoshdan olinadigan tokni 25 foizgacha ko‘paytiradi. Ixtiro quyosh nuri ortidan 50 foizgacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Hozirgi foydalanishda bo‘lgan aksariyat quyosh panellari usti changlanishi sababli elektr energiya samaradorligi keskin pasayib ketadi, qor yoqqanida elektr ishlab chiqarish faoliyati to‘xtab qoladi. Men ishlab chiqqan loyiha mana shu kabi muammolarga yechim bo‘la olishiga ishonaman. Men kelgusida Amerikada tahsil olishni va muhandislik sohasida yetuk kadr bo‘lishni maqsad qilganman. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5c3vAjc-L6c" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi, O‘zA