Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston kardioxirurgiyasi xalqaro maydonda e’tirof etildi
10:44 / 2026-02-19

Ilgari yurakka oid murakkab davolanish uchun bemorlar xorijga chiqishga majbur edi. Bugun esa vaziyat tubdan o‘zgardi — O‘zbekistonda zamonaviy kardioxirurgiya izchil rivojlanmoqda va yuqori texnologiyali tibbiy yordam mahalliy darajada ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

2025-yil 4–7-dekabr kunlari AQSHda xalqaro kardioxirurgiya kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning yetakchi mutaxassislari, yirik klinikalar va ilmiy markazlar vakillari ishtirok etdi. «EZGU NIYAT» klinikasi mutaxassisi doktor Turlyuk ushbu nufuzli anjumanda ma’ruza bilan qatnashdi.

Uning taqdimoti:

«Rivojlanayotgan davlat sharoitida minimal invaziv koronar jarrohlik dasturini tashkil etish: O‘zbekistondagi “EZGU NIYAT” klinikasi tajribasi»

mavzusida bo‘lib, unda klinikada joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar, kam invaziv usullar orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar va erishilgan natijalar taqdim etildi.

Ma’ruza xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi. Kongress yakunlariga ko‘ra, doktor Turlyuk g‘olib deb topildi. Shuningdek, «EZGU NIYAT» klinikasi tajribasi AQSH va Yevropa ilg‘or tibbiy markazlari bilan teng darajada baholandi.

Yaqinda klinikaga AQSHdan mutaxassislar tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan operatsiyalarning unikal texnikasi, minimal invaziv yondashuvlar va klinika imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bu yutuq nafaqat bir mutaxassis yoki bir klinikaning yutug‘i, balki butun O‘zbekiston tibbiyotining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganining yaqqol dalilidir. Eng muhimi, mazkur e’tirof yurak kasalliklariga chalingan bemorlar uchun xorijga chiqmasdan turib, jahon standartlariga mos, xavfsiz va samarali davolanish imkoniyati mavjud ekanini anglatadi.

O‘zA