Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muzeyi tashkil etilmoqda
13:57 / 2024-09-06

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qachon tashkil etilgan? Ushbu tashkilotning nomi necha marta o‘zgargan? Uyushma tashkil etilgan paytdan ayni kungacha unga kimlar rahbarlik qilgan?

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov uyushma muzeyi tashkil etilishi bo‘yicha quyidagilarni gapirib berdi.  

 –O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 1957 yil avgust oyida 7 nafar tashabbuskor guruh a’zolari tomonidan faoliyatini boshlagan. O‘tgan yillar davomida uyushma O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi nomi ostida faoliyat olib borgan. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 8 noyabrdagi qaroriga muvofiq uyushma negizida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan. Jamg‘arma 1996 yildan 2004 yilgacha faoliyat olib bordi. Shundan so‘ng jamg‘arma negizida  O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi qayta tashkil etildi.    

 Uyushmamiz tashkil etilganiga 66 yildan ortiq vaqt o‘tdi. O‘tgan vaqt mobaynida uyushmamizga 11 nafar utoz jurnalistlar rahbarlik qilgan.  Bizda uyushmani tashkil etilishi bilan bog‘liq bir qancha ma’lumotlar bor. Biz anashu ma’lumotlarni va materiallarni asrab-avaylab O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tarixi muzeyini tashkil etish harakatidamiz. Shu ishlar doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga 1957 yildan ayni kungacha rahbarlik qilib kelgan uyushma raislari haqida ma’lumotlarni jamladik, ularning rasmlarini portret shaklida tayyorladik. Albatta, bu rasmlarni yig‘ish oson bo‘lmadi.  

 2016 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining navbatdan tashqari konferensiyasida uyushmaga Sa’dulla Hakimov rais etib saylangan. S.Hakimov 2016-2020 yillarda rahbarlik qilgan. Uyushmaga 2021 yil Olimjon O‘sarov rais lavozimiga saylangan. O.O‘sarov 2022 yil dekabr oyigacha uyushmada rais lavozimida ishladi.  

 Uyushma tarixi muzeyini tashkil etish bilan bog‘liq bu boradagi ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad uyushma tarixi haqidagi ma’lumotlarni  va materiallar bilan  yosh jurnalistlarimizni tanishtirishdan iborat.    

 Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA