Bugungi jahon iqtisodiyoti globallashuv jarayonini boshdan kechirayotgan bir davrda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik muayyan mamlakatning taraqqiyoti sur’atini belgilab beruvchi muhim omilga aylandi.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish masalasi so‘nggi yillarda kun tartibidagi dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Tuzilmaga a’zolik nafaqat xalqaro bozorga keng yo‘l ochadi, balki ichki bozorda raqobat muhitini kuchaytirib, milliy ishlab chiqarishni samarali tashkil etish imkonini ham beradi. Qolaversa, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi raqobat sharoiti, tashqi bozor talabiga moslashish, standart tizimini takomillashtirish kabi qator chaqiriqlarni ham yuzaga keltiradi.
O‘zA muxbiri “Dunyoga nazar plyus” podkast loyihasida siyosatshunos Shuhrat Rasulning ayni mavzuga oid fikri bilan qiziqdi.
– Dunyoning asosiy iqtisodiy tashkiloti hisoblangan JST a’zolari o‘zaro erkin savdo munosabatini yo‘lga qo‘yish imkoniga ega. Ilgari O‘zbekiston 80-85 davlat bilan iqtisodiy sherik edi. Bugungi kunda mazkur ko‘rsatkich 200 dan ortgan. A’zolikdan keyin esa hamkorlar ro‘yxati yanada kengayadi. Natijada tadbirkorlarimiz uchun yangi bozorlar paydo bo‘ladi, eksport imkoniyatimiz oshadi, respublikaga investitsiya oqimi tezlashadi.
Eng muhimi, bu jarayondan xalq ham yutadi. Zero, har birimiz, avvalo, iste’molchimiz. Raqobat kuchaysa, tovar va xizmat sifati yaxshilanadi, qiymat tushadi. Bu esa har bir oila dasturxonida sifatli va maqbul narxdagi oziq-ovqat yoki maishiy mahsulot ko‘payishiga zamin yaratadi.
Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zA “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-fpFfGELdeo" title="O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lsa..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘.Alimov, D.Hakimov,
I.Ismatov (videomuhandis), O‘zA