English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Jazoir siyosiy maslahatlashuvi to‘g‘risida
17:58 / 2021-03-31

O‘zbekiston Respublikasi va Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvning ikkinchi davrasi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov, Jazoir delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi Shakib Qoyid boshchilik qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston – Jazoir munosabatining bugungi holatini atroflicha ko‘rib chiqdilar, BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarning amaliy jihati to‘g‘risida fikr almashdilar.

Davlatlarimiz hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida sezilarli salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Jazoir delegatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar ikki mamlakat o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotganini alohida ta’kidladi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston va Jazoir Savdo-sanoat palatalari hamkorligini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

Turli darajadagi aloqalar jadvali va tashkiliy jihati ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuv doirasida kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Tashqi ishlar vazirligi

matbuot xizmati