Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston jahonda energiya transformatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha namunaviy davlatga aylanmoqda
20:15 / 2024-12-13

Munosabat

Avvala xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni yirik elektr stansiyalarni yagona elektr tarmog‘iga ulash va yangilarining qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. 

Bu loyihalar Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, Xitoy Xalq Respublikasining “China Energy Overseas Investment” va “SNTIK” hamda Germaniyaning “Hyper Partners” kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

Ushbu tadbir ishtirokchisi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan O‘zbekistonda energetika sohasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatingizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Uning kelajakka bo‘lgan ulkan qarashlari va doimiy ravishda yuksak natijalarga intilishi Yangi O‘zbekiston uchun katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Shu o‘rinda aytish kerakki, Prezident Janobi Oliylari har doim alohida e’tibor qaratgan loyihalar strategik ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. 

Energiya transformatsiyasi haqida hali jahonda ko‘pchilik gapirmayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston rahbarining ulkan tashabbuslari tufayli bu yo‘nalishda katta amaliy ishlar olib borilmoqda. 

O‘zbekiston jahonda energiya transformatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha namunaviy davlatga aylanib bormoqda. Bu yutuq tufayli biz kelajakda mamlakatingizda “yashil” iqtisodiyotning shakllanishini kutyapmiz va bu esa yurtingizga katta sarmoyalar olib keladi. Chunki “yashil” energiya kelajakda asosiy strategik yo‘nalish sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu loyihalar qatorida “yashil” vodorod ishlab chiqarish, ma’lumot markazlari barpo etish, sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlar bor. 

“ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonning ishonchli hamkoridir. Kompaniyamiz nafaqat inson kapitali rivoji va malaka oshirishga, balki davlatingiz rahbarining “yashil” energiya strategiyasini tatbiq etishdagi loyihalarida ham o‘zining ulushini qo‘shadi. 

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi.

Nosirjon Haydarov olgan surat.