Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston “Jahon miqyosidagi muhim qishloq xo‘jaligi merosi tizimi” xalqaro tarmog‘iga qo‘shilishni rejalashtirmoqda
18:42 / 2024-07-10

BMTning Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Jahon miqyosidagi muhim qishloq xo‘jaligi merosi tizimi” (GIAHS) tashabbusi doirasida O‘zbekistonda GIAHS maqomini olish uchun tanlangan hudud sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan hududlarning milliy ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Bunday tizimlar ko‘pincha hududiy rivojlanishning asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bioxilma-xilligi, barqaror ekotizimlar va qimmatli madaniy merosni o‘zida mujassam etgan ajoyib landshaftlarni o‘z ichiga oladi.

Farg‘ona vodiysidagi qishloq xo‘jaligi landshaftlari va pillachilik bilan shug‘ullanuvchi mahalliy aholi, Buxoro viloyatidagi qorako‘lchilik, Toshkent viloyatining Parkent tumani va Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi uzumchilik va hokazolar ana shunday ob’ektlardan hisoblanadi.

Ayni paytda FAO Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Zamin” Xalqaro jamoatchilik fondi ko‘magida GIAHS ob’ektlari uchun qo‘yilgan zarur mezonlarga javob beradigan Marg‘ilon hududidagi ipakchilik tizimi va unga bog‘liq faoliyatni o‘rganish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishdi.

Shu maqsadda milliy ekspertning Farg‘ona viloyatiga tashrifi tashkil etilib, viloyat hokimligining tashkiliy ko‘magida mazkur qishloq xo‘jaligi tizimini yanada chuqurroq o‘rganish va keyinchalik xalqaro ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Dastlabki materiallar tayyorlangach, xalqaro ekspertlar va FAO bosh idorasi xodimlarining Marg‘ilon shahriga tashrifi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda iyul oyi o‘rtalarida amalga oshirish rejasini tayyorlash va loyihaning mahalliy ishtirokchilari xabardorligini oshirish maqsadida seminar o‘tkaziladi.

Birinchi GIAHS maqomini olish O‘zbekistonga ham xalqaro hamjamiyat, ham mahalliy manfaatdor tashkilotlar va hamjamiyatlarning e’tiborini tabiiy va texnogen landshaftni, madaniy merosni saqlashga va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish imkonini berishi kutilmoqda. 

GIAHS ob’ektlarini ro‘yxatga olishning jahon tajribasi bioxilma-xillikni saqlash va qishloq joylarning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadigan global ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilimlarini, mahalliy amaliyot va an’analarni aniqlash, saqlash va rivojlantirishga ko‘maklashish imkonini beradi. An’anaviy Jahon merosi ob’ektlari va qo‘riqlanadigan landshaftlardan farqli o‘laroq, GIAHS g‘oyasi dinamik muhofazaga asoslangan - qishloq xo‘jaligi hududini odamlar va tabiat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning jonli va rivojlanayotgan tizimi sifatida ko‘rib chiqadigan konsepsiyadir.

GIAHS Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 2015 yilda boshlangan dasturi bo‘lib, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi uchun biologik xilma-xillik va genetik resurslarni saqlashga hissa qo‘shadigan an’anaviy qishloq xo‘jaligi tizimlarini tan olish, qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish hamda ularni hurmat qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, tizim qishloq aholisining turmush tarzini yaxshilash va bilimini oshirish, ularning madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga ham katta e’tibor qaratadi.

O‘zA