Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasiga mezbonlik qiladi
20:29 / 2023-10-06

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi maslahatchisi Elmurod Najimov boshchiligidagi ishchi guruh IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Indoneziyada muzokaralar o‘tkazdi.

Tashrif doirasida Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Uno, uning o‘rinbosarlari hamda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokarada 2024 yil O‘zbekiston mezbonlik qiladigan IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasiga taraddud jarayoni muhokama etildi.

Bundan tashqari, Indoneziya delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi davomida ikki muassasa o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilayotgan o‘zaro anglashuv memorandumi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, muzokara chog‘ida ikkala mamlakatning sayyohlik salohiyati va uni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Ishchi tashrif “Ijodiy iqtisodiyotga nisbatan puxta strategik madadni shakllantirish va taqdim etish” mavzusidagi “Kreativ iqtisodiyot do‘stlari” xalqaro munozara anjumanida qatnashish bilan mazmunan boyitildi. Tadbirda 35 dan ziyod mamlakatdan kelgan kreativ iqtisodiyot bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

 

O‘zA