English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Italiya: nufuzli universitetlar bilan memorandum imzolandi
17:27 / 2026-02-20

Shu kunlarda Italiya poytaxti Rim shahrida O‘zbekiston va Italiya oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (MRDI) rektori Omonulla Salixov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Forum doirasida “Italiya va O‘zbekiston o‘rtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzuida anjuman tashkil qilindi.  

MRDI rektori forum davomida Italiyaning tasviriy san’at sohasida yetakchi hisoblangan Rim Tasviriy san’at universiteti (RUFA) faoliyati va o‘quv jarayoni bilan tanishdi, universitet rahbariyati bilan uchrashdi.

Muloqotdan so‘ng  o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi hamda kelgusida tomonlar o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xorijiy stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalarda istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari L‘Aquila san’at akademiyasiga tashrif buyurdi.

Unda L‘Aquila faoliyati, o‘quv jarayoni, shuningdek, mazkur akademiya bilan MRDI hamkorligida “ItARTS” granti doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishtirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, L‘Aquila san’at akademiyasi va MRDI sohada ko‘p  yillardan beri hamkorlik qilib keladi. Shu hamkorlik aloqalarini endi yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tomonlar o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzoladi.  

Tasviriy va amaliy san’at sohasida jahonda yetakchi o‘rinlarda turuvchi mamlakat bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda ta’lim va ijodiy yo‘nalishdagi zamonaviy tajribalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan Italiyaga xizmat safari MRDIning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA