Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Italiya: migratsiya hamkorligida yangi bosqich
13:26 / 2026-01-28

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Italiyaning Toshkentdagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktis bilan uchrashdi.

Muloqot davomida birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar holati, yaqin istiqboldagi rejalar, samarali tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Elchi Italiyada ishlash istagi bor o‘zbekistonlik mutaxassislarga xorijiy til o‘rgatish, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun yurtimizda italyan maktablari ochish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar hamyurtlarimizni Yevropaning ushbu davlatida mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga qonuniy, tizimli ravishda jalb etish masalasini muhokama qilib, ayni yo‘nalishda aniq amaliy reja ishlab chiqishga kelishib olindi.

G.Sattorova, O‘zA