Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston –Italiya: istiqbolli rejalar belgilab olindi
14:28 / 2025-08-19

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pergabriele Papadiya de Bottini di Santaneze bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb ma’lum qilgan vazirlik matbuot xizmati.

Muloqot davomida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida vazir sheriklik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, o‘zaro tajriba almashish, agrar ta’lim yo‘nalishida talabalar almashinuvi tizimli yo‘lga qo‘yilgani yuqori baholandi. Shuningdek, harakatdagi loyihalar samaradorligini ta’minlash, belgilangan hamkorlik dasturi doirasida o‘zbekistonlik yoshlarni Tusha universitetida o‘qishini tashkil etish, ayni jarayonda yuzaga kelayotgan ayrim masalalar hal qilish yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumki, vazirlik tomonidan e’lon qilingan tanlov natijasiga ko‘ra, 18 nafar talaba Italiya oliygohida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritgan. Hozir ular zarur hujjatlarni tayyorlab, Apennin yarim oroliga jo‘nab ketish tadorigini ko‘ryapti.

Muloqot davomida qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini Italiya tajribasiga muvofiq standart joriy etish bo‘yicha treningga yuborish va malakasini oshirish istiqboli ham belgilab olindi.

M.Pirmatova, O‘zA