Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Ispaniya hamkorligi: Qishloq xo‘jaligida innovatsiya va barqaror texnologiya rivojlanmoqda
13:21 / 2025-11-22

"Democrata informacion parlamentaria" nashrida "Ispaniya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida innovatsiyani rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishdi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Materialda ikki davlat o‘rtasida ayni yo‘nalishlarni birgalikda yanayam rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolanishi haqida so‘z borgan.

Kelishuv hujjatida tajriba almashish, samarador dehqonchilik texnologiyasini joriy etish, suv resurslarini oqilona boshqarish va zararkunandalarga qarshi kurashish masalalari qamrab olingan. Bunday hamkorlik natijasida agrosektorni iqlim o‘zgarishiga moslashtirib borish, har ikki mamlakatda sohaning raqobatbardoshligini oshirish ko‘zda tutilgan.

M. Pirmatova, O‘zA