Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston investorlarga nima va’da qiladi?
11:13 / 2022-11-10

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda investorlar uchun qulay muhit yaratilgan.

Ya’ni investorlar huquqlari qonun bilan himoyalanishi bo‘yicha amaliy tizim bor.

Shu. Sababli 2017 yildan boshlab ($3,3 mlrd.) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobarga oshdi ($8,6 mlrd.).

Qariyb 8 mingta tovar turlariga import bojlari kamaytirildi. Biznesga oid har xil turdagi 70 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomalar berilishi bekor qilindi.

Shuningdek, yangi biznes sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi. Yer uchastkalari onlayn savdolar orqali taqdim etilmoqda.

Umuman olganda, qulay investitsion muhitni barpo etishda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar faol davom ettiriladi.

 

M. Qosimova,  

Behruz Xudoyberdiyev,

O‘zA muxbirlari

Samarqand shahri